Qahramon Ona
- Details
- Munavvaroy By
- Hits: 11
Bir kuni yosh Tomas Edison maktabdan uyiga qaytdi va onasiga oʻqituvchisi berib yuborgan xatni berdi. Ona jimgina qatorlarni oʻqidi va koʻzida yosh bilan shunday oʻqidi:
"Gap shundaki, sizning oʻgʻlingiz - daho. Maktab u uchun allaqachon tor, ochigʻini aytganda, bizda unga biror yangi narsa oʻrgata oladigan oʻqituvchilar yoʻq. Shuning uchun uni siz oʻzingiz oʻqitishingiz kerak".
Tomas Edison oʻz davrining buyuk olimi boʻlib yetishgach, u eski oilaviy buyumlarini yigʻa turib, koʻziga oʻsha xat tushib qoladi:
"Sizning oʻgʻlingiz - aqli zaif. Uni maktabga boshqa bolalar bilan yubormaslikni maslahat qilamiz. Uni uyda oʻqitishingizni taklif qilamiz".
Hayron Edison hoʻngrab yigʻlab yubordi. Keyinchalik kundaligida:
"Men - Tomas Alva Edison, bolaligimda aqlan zaif bola edim. Ammo qahramon onam sharofati bilan men oʻz davrining eng buyuk olimi boʻlib yetishdim".